keel

Zal: stollar, chekni bo'lish va birlashtirish

Ofitsiant ekrani: stol ochish, buyurtma qo'shish, hisobni bo'lish.

Zal ekranida stollar chizmasi ko'rinadi. Stolga bosilsa chek ochiladi; unga taom qo'shiladi va stol band bo'lib qoladi.

  • Bo'lish — bitta chekni bir nechtaga ajratish. Hammasini bo'lib yuborib bo'lmaydi.
  • Birlashtirish — ikki stolni bitta chekka. Yutilgan chek bekor qilinadi, o'chirilmaydi: uning raqami va qatorlari tarixda qoladi.
  • Xizmat haqi — filialga qo'yiladi va faqat stolga qo'shiladi. Foiz stol o'tirgan paytda chekka ko'chiriladi, ya'ni kechqurun foizni o'zgartirsangiz ochiq stollar eski foizda qoladi.
Yopilgan cheklarni kassaning o'zida ko'rish mumkin (SotuvlarYopilgan) — «yana chiqarib bering» degan savol uchun panel logini kerak emas. Faqat bugun va faqat o'z filiali.
Rasmni kattalashtirish uchun bosing.

Javob topilmadimi?

Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.

Telegram
Zal: stollar, chekni bo'lish va birlashtirish · Keel | Keel