Restoran, kafe va do'konlar uchun
Kassa, zal, oshxona, ombor va tannarx. Sayt, yetkazish va Telegram bot ham shu menyudan ishlaydi. Restoranlar uchun oyiga 450 000, do'konlar uchun 149 000 so'mdan.
14 kun bepul · karta talab qilinmaydi · menyuni biz kiritamiz
Nega arzon
Yangi mijoz olib kelgani uchun komissiya to'lash tushunarli. Lekin har payshanba o'sha lag'monni oladigan doimiy mijoz uchun ham 15–20% berasiz. U bir marta sizning saytingizdan buyurtma qilsa, keyingi safar o'zi shu yerga keladi.
| Oyiga buyurtma | Tushumingiz | Agregatorda (20%) | Keel'da | Sizda qoladi |
|---|---|---|---|---|
| 1 500 | 120 mln | 24 mln | 1,2 mln | 22,8 mln |
| 3 000 | 300 mln | 60 mln | 1,68 mln | 58,3 mln |
| 12 000 | 1,2 mlrd | 240 mln | 6 mln | 234 mln |
Agregator sizga yangi mijoz olib keladi, biz esa yo'q: biz sizga o'z kanalingizni beramiz. Shuning uchun ko'pchilik ikkalasini birga yuritadi. Yangi mijoz agregatordan keladi, qaytib kelganda esa sizning saytingizni biladi.
Kimlar uchun
Menyu bo'ladimi, tokcha yoki katalog bo'ladimi, tizim uchun farqi yo'q.
Restoran
Menyu, stol bandligi, yetkazib berish
Kafe va choyxona
QR menyu, stolga buyurtma
Nonvoyxona
Ertalabki buyurtmalar, oldindan band qilish
Qandolatxona
Tort buyurtmasi, sanaga tayyorlash
Gul do'koni
Manzilga yetkazish, tabrik matni
Dorixona
Katalog, mavjudlik, tez yetkazish
Butik va kiyim
O'lcham, rang, fotogalereya
Boshqa do'konlar
Katalog + buyurtma + yetkazish
Yana nima bor
Bularning hech biri alohida sotilmaydi. Eng arzon tarifda ham hammasi ochiq turadi.
O'z saytingiz
O'z domeningizda, o'z rangingizda, o'z mijozlaringiz bilan.
Buyurtma va yetkazish
Xaritada manzil, zona bo'yicha narx, kuryer ilovasi va marshrut.
Admin panel
Katalog, narxlar, ish vaqti, buyurtmalar oqimi va statistika.
Telegram bot va mini app
O'z botingiz: mijoz Telegramdan chiqmasdan buyurtma beradi, holat xabari bepul boradi.
QR menyu va stol bron
Stoldagi QR — menyu va buyurtma. Zal xaritasi bo'yicha oldindan bron.
Onlayn to'lov
Payme, Click, Uzum va ATMOS. To'lanmagan buyurtma tayyorlashga tushmaydi.
Kassa bilan ulanish
iiko, Syrve, Poster, Clopos, r_keeper — buyurtma to'g'ri kassaga ketadi.
Mijozlar va marketing
Segmentlar va RFM, keshbek, promokod. SMS, Telegram yoki bildirishnoma bilan xabar.
Hisobotlar
Savdo dinamikasi, kanal tahlili, ABC/XYZ, kassa va moliya — Excel'ga bir bosishda.
Call-markaz
Qo'ng'iroq kelganda mijoz kartochkasi o'zi ochiladi.
Xodimlar
Ish grafigi, QR bilan davomat, oylik hisob-kitobi.
Uch til
Sayt ham, panel ham, kassa ham o'zbek, rus va ingliz tilida. Menyu tarjimalari ham shu yerda.

Kim buyurtma berdi, qayerga, qanchaga. Qabul qilasiz, kuryer biriktirasiz, holatini o'zgartirasiz. Yangi buyurtma kelsa ovoz chiqadi — telefon jiringlashini kutib o'tirmaysiz.
Sayt, Telegram va kuryer ilovasi bitta menyudan ishlaydi. Narxni bir joyda o'zgartirsangiz, uchalasida ham o'zgaradi.

Sayt

Telegram mini app

Kuryer ilovasi
Onlayn buyurtmalar narxi
Abonent to'lovi yo'q. Minimal to'lov ham yo'q. Bekor qilingan buyurtma uchun pul olmaymiz — kelgani uchun to'laysiz, xolos. Kassa obunasi bilan birga, oyiga bitta hisob-faktura.
Qancha ko'p buyurtma — shuncha kam to'laysiz
Pog'ona butun hajmga tushadi va har oy qaytadan hisoblanadi: o'rtacha narxingiz aynan jadvaldagi raqam bo'ladi. Arzoni qaysi bo'lsa, so'ramasangiz ham o'sha qo'llanadi.
Hammasi kiradi
14 kun bepul sinov

Menyuni biz kiritamiz — bepul
0 so'mRestoran menyusi, do'kon yoki dorixona katalogi: bo'limlari, narxi, tarjimasi va rasmlari bilan biz kiritamiz. Ishga tushirish to'lovi ham, depozit ham yo'q. Sizdan faqat ro'yxat; rasm bo'lmasa o'zimiz tayyorlaymiz.
Katta tarmoq bo'lsangiz — chegirma ham katta
TarmoqlarOyiga 50 000 buyurtmadan yuqorida narx 300 so'mga tushadi: bozorda e'lon qilingan eng past narxdan 40% past. Uch filialdan ortiq tarmoq bilan shartnoma alohida tuziladi.
Qo'shimcha
Watermarksiz sayt
Standart holatda sayt pastida «Powered by Keel» yozuvi turadi. Uni olib tashlash — alohida to'lov, yillik shartnomada esa bepul.
Kalkulyator
Tarifni tanlang, filial sonini qo'ying, oyiga qancha buyurtma olishingizni belgilang. Raqamlar yuqoridagi jadvallardan olinadi — bu yerda yangi narx yo'q.
Filiallar soni
Ikkinchisidan −30%, beshinchisidan −40%
Oyiga onlayn buyurtma
3 000
Bekor qilingan buyurtma hisoblanmaydi.
Jami oyiga
3 250 000 so'm
Hisob taxminiy. Enterprise tarifi va oyiga 50 000 dan ortiq buyurtma alohida kelishiladi — odatda jadvaldagidan ham arzon chiqadi.
Keel kassa
Kassir chekni yopadi, ofitsiant stolni ochadi, oshpaz nima pishirishini ko'radi. Sotilgan taom omborda o'sha zahoti ayriladi.
Ishga tushirish
Eski tizimingizni birinchi kuni o'chirmaymiz. Bir hafta ikkalasi yonma-yon ishlaydi, xodimlar ko'nikkanda eskisini o'chirasiz.
Gaplashamiz
Telegramda yozasiz, ekranni birga ko'ramiz. Nima kerakligi va nima keraksizligi shu suhbatda aniqlanadi.
30 daqiqa
Menyuni kiritamiz
Bo'limlari, narxi, tarjimasi va rasmlari bilan — bepul. Sizdan faqat ro'yxat kerak; rasm bo'lmasa o'zimiz tayyorlaymiz.
1–2 kun
Ochamiz
Sayt, kassa va bot ishlaydi, xodimlar o'rgatilgan. Birinchi haftada har kuni aloqadamiz.
O'sha kuni
Savollar
Oddiy Windows monoblok yoki kompyuter — maxsus temir sotib olish shart emas. Chek printeri va pul yashigi odatdagidek ulanadi, printer umumiy papkasiz to'g'ridan-to'g'ri ishlaydi. Zal uchun istalgan planshet yetadi. Bor qurilmangiz bo'lsa, avval o'shanda sinab ko'ring.
Yo'q. Sotuv qurilmaning o'zida saqlanadi va aloqa tiklanganda o'zi yuboriladi — kassir navbat oldida kutib turmaydi. Fiskal chek ham navbatga tushadi va aloqa qaytganda ro'yxatdan o'tadi; yuborilmagan sotuvlar panelda alohida ko'rinadi, ya'ni jimgina yo'qolmaydi.
Menyu, texkarta va xodimlarni biz ko'chiramiz — bepul. Ikki yo'l bor: butunlay Keel kassasiga o'tish, yoki hozirgi kassangizni qoldirib, Keel'ni faqat sayt va yetkazish uchun ishlatish (buyurtma iiko, Syrve, Poster, Clopos yoki r_keeper'ga o'zi tushadi). Ko'pchilik ikkinchisidan boshlab, keyin birinchisiga o'tadi.
Odatda bir kun. Katalogingizni kiritamiz, domeningizni ulaymiz va ishga tushadi. Namuna katalog bilan birga keladi, ya'ni bo'sh ekrandan boshlamaysiz.
Darhol bepul manzil olasiz — masalan nomingiz.keel.uz. O'z domeningizni keyin istalgan vaqtda ulash mumkin, sayt o'zgarmaydi.
Bo'ladi. Ko'pchilik aynan shunday boshlaydi. Agregator yangi mijoz olib keladi, Keel esa o'sha mijozni ikkinchi marta sizga to'g'ridan-to'g'ri qaytaradi. Bitta joy, bitta katalog, ikkita kanal — buyurtmalar bir joyda ko'rinadi.
Shart emas. Bizning kassamiz bor, lekin sizniki qolsa ham ishlaymiz: buyurtma iiko, Syrve, Poster, Clopos yoki r_keeper'ga tushadi, har taom kassadagi mahsulotga bog'lanadi. Keel kassasiga o'tishning sababi bitta bo'ladi — menyu, ombor va hisobot bitta joyda bo'lishi. Shoshilish shart emas.
Sizniki. Botni o'z nomingizga ochasiz, tokenni panelga kiritasiz — mijoz siz bilan gaplashadi, biz bilan emas. Mini app o'sha botning ichida ochiladi va bu o'sha saytning o'zi, ya'ni katalog ikki joyda yuritilmaydi. Buyurtma holati haqidagi xabar bot orqali bepul ketadi — SMS esa pullik.
Oyning oxirida shu oyda kelgan buyurtmalar sanaladi. Narx pog'onali: 3 000 tagacha 800 so'm, 3 000–15 000 oralig'ida 560 so'm, 15 000–50 000 oralig'ida 400 so'm, undan yuqorisiga 300 so'm. Pog'ona butun hajmga tushadi va har oy qaytadan hisoblanadi — ya'ni o'rtacha narxingiz aynan jadvaldagi raqam bo'ladi. Bekor qilingan buyurtmalar hisobga kirmaydi.
Biz kiritamiz, bepul. Bo'limlar, narxlar, tarjimalar va rasmlar bilan birga. Sizdan faqat ro'yxat kerak — hatto Word fayl yoki menyuning surati bo'lsa ham bo'ladi. Keyinchalik hammasini panelda o'zingiz tahrirlaysiz.
Narxda: har bir hajmda 20% arzonmiz va bizda minimal oylik to'lov yo'q. Narsalarda: QR menyu, oshxona ekrani, stol bron, kuryer ilovasi, koll-markaz, analitika va marketing — hammasi narxning ichida, alohida modul emas. Va depozit so'ramaymiz.
Yo'q, bitta sayt. Menyu brendga tegishli, manzil, ish vaqti, yetkazish zonasi va kuryerlar esa filialga. Mijoz filialni tanlamaydi — yetkazishda manzilni qamrab oladigan eng yaqin filial o'zi tanlanadi. Bir nechta brend ham bo'lishi mumkin. Bitta filialli restoran esa bu murakkablikni umuman ko'rmaydi.
Ular sizniki. Katalog, buyurtmalar va mijozlar bazasini yuklab olib ketasiz.
Telegramda yozing. Menyuni biz kiritamiz, xodimlarni biz o'rgatamiz — sizdan faqat ro'yxat kerak.