Maxfiylik siyosati
2026-08-15
"KEEL" MChJ shaxsiy ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonuni talablariga muvofiq qayta ishlaydi.
Ushbu siyosat Keel platformasi va uning yordamida ishlayotgan restoran saytlariga taalluqli.
1. Kim ma'lumotni boshqaradi
Restoran mehmonlarining ma'lumotlari uchun ma'lumot egasi — restoranning o'zi. Ijrochi bu ma'lumotlarni restoran topshirig'i bo'yicha, xizmat ko'rsatish uchun qayta ishlaydi.
Platformaning o'z mijozlari (restoran egalari, xodimlari) ma'lumotlari uchun ma'lumot egasi — Ijrochi.
2. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
Mehmon haqida: ism, telefon raqami, yetkazib berish manzili va unga izoh, buyurtmalar tarixi, bonus ballari, tanlangan til. Telegram orqali kirganda — Telegram hisobining raqami va ismi.
Restoran xodimlari haqida: ism, telefon, login, ish grafigi va smena yozuvlari; ishga kirish-chiqish paytidagi joylashuv (agar restoran shu funksiyani yoqqan bo'lsa).
Texnik ma'lumotlar: so'rov jurnallari, xatolar, xizmat ishlashi haqidagi o'lchovlar.
Tashriflar hisobi: sahifa ochilishlari kunlik anonim belgi bilan sanaladi. Belgi kun bilan birga xeshlanadi, ya'ni bir brauzerni kunlar bo'ylab kuzatib bo'lmaydi.
3. Nima uchun ishlatiladi
Buyurtmani qabul qilish va yetkazib berish; mehmoz bilan buyurtma yuzasidan bog'lanish; SMS yoki Telegram orqali kirish; bonus ballarini hisoblash; restoran uchun statistika; xizmatning o'zini ishlatish va nosozliklarni topish.
Reklama xabarlari faqat rad etmagan mijozlarga yuboriladi. Rad etish istalgan vaqtda amal qiladi va buyurtma holati haqidagi xabarlarga ta'sir qilmaydi.
4. Kimga beriladi
Ma'lumot faqat xizmat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan hollarda uchinchi tomon xizmatlariga uzatiladi: SMS shlyuzi (kirish kodi va xabarlar uchun telefon raqami), onlayn to'lov tizimlari (buyurtma raqami va summasi), Telegram (bot xabarlari), xarita xizmati (manzil koordinatalari), kassa tizimi (buyurtma tarkibi).
Karta raqamlari platformada saqlanmaydi va u orqali o'tmaydi — to'lov to'lov tizimining o'z sahifasida amalga oshiriladi.
Ma'lumot sotilmaydi va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga berilmaydi.
5. Qancha vaqt saqlanadi
Buyurtmalar va mijoz ma'lumotlari restoran hisobi faol bo'lgan davrda saqlanadi.
Zaxira nusxalar: kunlik nusxa 14 kun, oy boshidagi nusxa 180 kun saqlanadi.
Tashrif hisobi yozuvlari 100 kundan keyin avtomatik o'chiriladi.
Bir martalik SMS kodlari 3 daqiqadan keyin amaldan chiqadi va o'chiriladi.
6. Foydalanuvchining huquqlari
O'z ma'lumotlarini bilish, tuzatish va o'chirishni so'rash huquqi. Ism va manzillar profil sahifasida o'zgartiriladi; telefon raqamini o'zgartirish SMS kod bilan tasdiqlanadi.
Reklama xabarlaridan voz kechish huquqi.
So'rovlar restoranga yoki Ijrochiga yuboriladi: info@keel.uz
7. Xavfsizlik
Parollar qaytarib bo'lmaydigan shaklda (bcrypt) saqlanadi; ulanish HTTPS orqali; har bir restoran ma'lumotlari alohida bazada; to'lov va SMS kalitlari saytga qaytarilmaydigan alohida kolleksiyada.
Boshqaruv paneli amallari jurnalga yoziladi: kim, qachon, nima qilgani.
8. Cookie fayllari
Restoran saytlarida faqat zarur cookie'lardan foydalaniladi: tanlangan til, tanlangan brend va filial, savat va sessiya. U yerda reklama yoki kuzatuv uchun uchinchi tomon skriptlari ishlatilmaydi.
keel.uz saytining o'zida bundan tashqari tashrif statistikasi va reklamamiz natijasini o'lchash vositalari ishlatiladi. Ular sahifa manzili hamda brauzer va qurilma haqidagi umumiy ma'lumotdan foydalanadi; bu sahifada ismingiz, telefoningiz yoki elektron pochtangiz so'ralmaydi.
9. O'zgarishlar va aloqa
Siyosat o'zgarganda yangi tahriri shu sahifada e'lon qiladi va yangilanish sanasi ko'rsatiladi.
Aloqa: info@keel.uz · keel.uz
Tashkilot: "KEEL" MChJ, STIR 313241548, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yunus ota MFY, 14-mavze, 5-uy, 40-xonadon