Ommaviy taklif (oferta)
2026-08-15
"KEEL" MChJ (keyingi o'rinlarda — Ijrochi) ushbu ommaviy taklif orqali quyidagi shartlarda Keel platformasi xizmatlarini taklif qiladi.
Xizmatdan foydalanishni boshlash — hisob ochish, saytni ishga tushirish yoki to'lovni amalga oshirish — ushbu shartlarni to'liq qabul qilish hisoblanadi.
1. Atamalar
Platforma — Keel: restoran uchun veb-sayt, buyurtma qabul qilish va boshqaruv paneli.
Buyurtmachi — platformadan foydalanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs (restoran, do'kon, kafe).
Mehmon — Buyurtmachining saytida buyurtma beradigan yoki ma'lumot izlaydigan shaxs.
Hisob davri — to'lov hisoblanadigan davr; odatda bir oy.
2. Xizmat predmeti
Ijrochi Buyurtmachiga quyidagilarni taqdim etadi: alohida domenda ishlaydigan veb-sayt; menyu, buyurtma va yetkazib berish tizimi; boshqaruv paneli; Telegram bot va mini app; xodimlar, kuryerlar va kassa uchun ilovalar.
Xizmat SaaS (obuna) modelida ko'rsatiladi: dasturiy ta'minot Ijrochi serverlarida ishlaydi va Buyurtmachiga foydalanish huquqi beriladi.
Har bir Buyurtmachi uchun alohida ma'lumotlar bazasi va alohida ishlayotgan nusxa ajratiladi.
3. Xizmat narxi va to'lov tartibi
Asosiy to'lov qabul qilingan buyurtmalar soniga qarab hisoblanadi. Bir buyurtma narxi va minimal oylik to'lov Buyurtmachi bilan alohida kelishiladi va hisob-fakturada ko'rsatiladi.
Qo'shimcha xizmatlar alohida to'lanadi. Jumladan: saytdan «Powered by Keel» belgisini olib tashlash — oyiga 3 000 000 (uch million) so'm. Bu xizmat yoqilgan kunlar soniga mutanosib hisoblanadi.
Sayt dizaynini alohida buyurtma bo'yicha ishlab chiqish xizmati platforma obunasiga kirmaydi va alohida kelishiladi.
To'lov Ijrochining hisob raqamiga pul o'tkazish yo'li bilan yoki naqd shaklda amalga oshiriladi. Har bir davr uchun hisob-faktura chiqariladi.
Sinov muddati (demo) berilishi mumkin. Sinov muddatida to'lov olinmaydi.
4. Tomonlarning majburiyatlari
Ijrochi: platformaning ishlashini ta'minlaydi, ma'lumotlarning kunlik zaxira nusxasini oladi, xizmatga tegishli yangilanishlarni chiqaradi va texnik qo'llab-quvvatlash beradi.
Buyurtmachi: sayt mazmuni (menyu, narxlar, rasmlar, matnlar) va uning qonuniyligi uchun javob beradi; boshqaruv paneli hisob ma'lumotlarini sir tutadi; mehmonlar bilan munosabatlarni (buyurtma, yetkazib berish, qaytarish) o'zi hal qiladi.
Buyurtmachi platformadan qonunga xilof faoliyat uchun, shuningdek uchinchi shaxslarning huquqlarini buzadigan mazmun joylashtirish uchun foydalanmaydi.
5. Ma'lumotlar egaligi
Buyurtmachining ma'lumotlari (menyu, buyurtmalar, mijozlar bazasi, moliyaviy yozuvlar) Buyurtmachiga tegishli.
Buyurtmachi so'rovi bo'yicha ma'lumotlar mashina o'qiy oladigan shaklda (JSON va rasmlar arxivi) beriladi. Bu imkoniyat boshqa tizimga o'tish uchun ham amal qiladi.
Ijrochi Buyurtmachining ma'lumotlarini o'z maqsadlarida sotmaydi va uchinchi shaxslarga bermaydi, qonun talab qilgan hollardan tashqari.
6. Uchinchi tomon xizmatlari
Platforma boshqa xizmatlar bilan ishlaydi: SMS shlyuzlari, onlayn to'lov tizimlari (Payme, Click, Uzum, ATMOS), Telegram, xarita xizmatlari, kassa (POS) tizimlari.
Bu xizmatlar bo'yicha shartnoma va to'lovlar Buyurtmachining o'zi tomonidan tuziladi. Ularning ishlamay qolishi yoki shartlarini o'zgartirishi uchun Ijrochi javob bermaydi.
7. Javobgarlikning cheklanishi
Ijrochi xizmatning uzluksiz ishlashiga harakat qiladi, lekin internet, hosting, elektr ta'minoti yoki uchinchi tomon xizmatlaridagi uzilishlar uchun javobgar emas.
Ijrochining javobgarligi oxirgi hisob davri uchun to'langan summa bilan cheklanadi.
Buyurtmachi o'z hisob ma'lumotlaridan foydalanib amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun javobgar.
8. Xizmatni to'xtatib turish va bekor qilish
To'lov kechiktirilganda Ijrochi Buyurtmachini ogohlantirib, xizmatni vaqtincha to'xtatib turishga haqli. To'xtatilgan davrda ma'lumotlar saqlanadi.
Buyurtmachi xizmatdan istalgan vaqtda voz kechishi mumkin. Bunda joriy davr uchun to'lov qaytarilmaydi, ma'lumotlar esa yuqoridagi 5-bandga muvofiq beriladi.
9. Nizolarni hal qilish
Nizolar muzokaralar yo'li bilan hal qilinadi. Kelishuvga erishilmasa, ish O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sudda ko'riladi.
10. Rekvizitlar
Tashkilot: "KEEL" MChJ
STIR (INN): 313241548
IFUT (OKED): 62010
Direktor: Nurmanov Y. A.
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yunus ota MFY, 14-mavze, 5-uy, 40-xonadon
Hisob raqami: 20208000907516890001
Sayt: keel.uz