ABC/XYZ tahlili
Qaysi taom pul keltiradi va qaysi biri ishonchli sotiladi.
ABC — pul bo'yicha: A guruhi tushumning katta qismini beradi, C deyarli hech nima. XYZ — barqarorlik bo'yicha: X har kuni bir xil sotiladi, Z tasodifiy.
- AX — asosiy taomlar. Ular hech qachon stop listga tushmasligi kerak.
- CZ — menyudan olib tashlashga nomzod: kam sotiladi va oldindan aytib bo'lmaydi.
- AZ — ko'p pul keltiradi, lekin notekis. Ombor bilan ehtiyot bo'ling.
Masalliqlar uchun ham alohida ABC bor va u boshqa savolga javob beradi: eng ko'p daromad keltiradigan taom ko'pincha eng qimmat masalliqdan qilinmaydi.
⚠Masalliq ABC'si sotib olingan pul bo'yicha saflanadi, kartalar bo'yicha sarf emas: birinchisi o'lchangan (sanasi va jami bor nakladnoy), ikkinchisi esa yarim menyusi narxlanmagan taxmin.
Shuni ham o'qing
Javob topilmadimi?
Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.
Telegram