keel

Bannerlar

Bosh sahifaning yuqorisidagi aylanma rasmlar: aksiya, yangi taom, bayram.

MenyuBannerlar da rasm yuklanadi, sarlavha yoziladi va havola ko'rsatiladi (masalan aksiya sahifasiga yoki bitta taomga).

  • Tartibni o'zgartirish mumkin — birinchisi eng ko'p ko'riladi.
  • Bannerni o'chirmasdan yashirish mumkin: bayram tugadi, keyingi yili yana yoqasiz.
  • Telefonda va kompyuterda alohida rasm yuklash mumkin: gorizontal rasm telefonda qirqiladi.
Uchtadan ko'p banner qo'ymang. To'rtinchisini deyarli hech kim ko'rmaydi, lekin u ham yuklanadi — ya'ni sayt sekinlashadi.

Javob topilmadimi?

Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.

Telegram
Bannerlar · Keel | Keel