keel

Yetkazish zonalarini chizish

Xaritada chegara chizasiz, har zonaga o'z narxini qo'yasiz — mehmon ham shuni ko'radi.

SozlamalarYetkazib berish → hisoblash usuli sifatida zonalar tanlanadi. Pastda xarita ochiladi.

Zona chizish

  1. 1Yangi zona ni bosing.
  2. 2Xaritada chegara nuqtalarini ketma-ket bosib chiqing. Kamida uchta nuqta kerak.
  3. 3Oxirgi nuqtadan birinchisiga tutashtiring — shakl yopiladi.
  4. 4Zonaga nom bering («Markaz», «Chilonzor») va narxlash usulini tanlang.
  5. 5Saqlang. Zona darhol saytda ham ko'rinadi.

Zona narxi ikki xil bo'ladi

  • Belgilangan narx — zona ichidagi har manzilga bir xil summa. Eng sodda va mijozga tushunarli.
  • Km bo'yicha — boshlang'ich narx + har km uchun qo'shimcha, masofa restorandan o'lchanadi.
Zona kamida uch nuqtali bo'lsa ishlaydigan hisoblanadi. Ishlaydigan zona bo'lsa masofa sozlamalari (boshlang'ich narx, km narxi, maksimal masofa) umuman e'tiborga olinmaydi va zonadan tashqariga yetkazilmaydi.
Zonani chizib bo'lib saqlashni unutmang. Chizilgan, lekin saqlanmagan shakl ekranda turadi va butunlay haqiqiydek ko'rinadi.
Mehmon checkout sahifasida zonalarni xaritada va tagida ro'yxat bo'lib ko'radi: qaysi zona, qancha. Manzil tanlanmagan bo'lsa xarita butun qamrovga moslanadi — ya'ni mehmon birinchi qarashda «bizga yetkazadimi?» degan savolga javob oladi.

Javob topilmadimi?

Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.

Telegram
Yetkazish zonalarini chizish · Keel | Keel