keel

Ombor qanday ishlaydi

Zanjir: masalliq → texkarta → kirim → sotuv → chiqim → sanash. Har bosqich o'z raqamini beradi.

Ombor bo'limi ikki savolga javob beradi: bir porsiya qanchaga tushadi va javonda nima qoldi. Ikkalasi ham bitta zanjirdan chiqadi.

  1. 1Masalliqlar — nima sotib olasiz va qanchaga (kilo, litr, dona).
  2. 2Texkartalar — bir porsiyaga nima ketadi. Shundan tannarx chiqadi.
  3. 3Kirim — nakladnoy: nima keldi, kimdan, qanchaga. Narxlar shu yerdan yangilanadi.
  4. 4Sotuv — sotilgan taomlar texkartasi bo'yicha ombordan yechiladi. Bu avtomatik.
  5. 5Chiqim — buzilgani, to'kilgani, xodimlar ovqati.
  6. 6Inventarizatsiya — sanash. «Bo'lishi kerak» aynan shundan boshlab hisoblanadi.
Ombor ekranlari bitta filialni talab qiladi. Bir nechta filial bo'lsa yuqoridan filialni tanlang; bitta filialli restoranda bu so'ralmaydi.
Boshlash tartibi: masalliqlar → texkartalar → birinchi inventarizatsiya → kirimlarni muntazam kiritish. Inventarizatsiyasiz «bo'lishi kerak» butun kirim tarixidan hisoblangan taxmin bo'lib qoladi.
Rasmni kattalashtirish uchun bosing.

Javob topilmadimi?

Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.

Telegram
Ombor qanday ishlaydi · Keel | Keel