keel

Stop list: bugun sotilmaydigan taomlar

Taomni menyudan o'chirmasdan vaqtincha to'xtatish.

MenyuStop list. Bu ro'yxat faqat shu filialga va faqat bugunga tegishli — menyudan hech nima o'chirilmaydi.

Uch xil manba

Kim yozadiQanday
OdamPeshtaxtadagi kishi «Stop» bosadi. Qo'lda qaytariladi.
Kassa tizimiiiko/Poster dagi stop list har 3 daqiqada o'qiladi. Bu yerdan qaytarib bo'lmaydi — keyingi o'qishda qaytib keladi.
OmborMasalliqlari tugagan taom avtomatik to'xtaydi. Standart holatda o'chiq.
Ombor bo'yicha to'xtatishni faqat kirimlar va inventarizatsiya muntazam yozilganda yoqing. Aks holda kassa javonda turgan ovqatni sotishdan bosh tortadi — bu tizim qila oladigan eng qimmat xato.
Sahifadagi eng foydali qator — «oxirgi o'qilgan vaqt». «Ulangan» degan yashil belgi soat undan o'tishi bilan eskiradi; oxirgi o'qish vaqti esa eskirmaydi.
Rasmni kattalashtirish uchun bosing.

Javob topilmadimi?

Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.

Telegram
Stop list: bugun sotilmaydigan taomlar · Keel | Keel