keel

Masofa bo'yicha narx

Zona chizishga vaqt yo'q bo'lsa: boshlang'ich narx + har kilometr.

Hisoblash usuli sifatida masofa tanlanadi. Uchta raqam kerak:

MaydonMisol
Boshlang'ich narx10 000 — har buyurtmaga qo'shiladi
Har km uchun3 000 — restorandan mijozgacha bo'lgan to'g'ri masofa, yuqoriga yaxlitlanadi
Maksimal masofa12 km — bundan uzoqqa yetkazilmaydi

Masofa to'g'ri chiziq bo'yicha o'lchanadi, yo'l bo'yicha emas. Shuning uchun km narxini yo'l uzunligini hisobga olib qo'ying.

Maksimal masofa 0 — «cheklov yo'q» degani. Ko'pchilik buni «yetkazmaydi» deb tushunadi va bir nechta filialli restoranda bu bitta filialga butun shaharni beradi.

Javob topilmadimi?

Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.

Telegram
Masofa bo'yicha narx · Keel | Keel