keel

Taom qo'shish va tahrirlash

Nom, narx, rasm, tavsif — va taom saytda, kassada, botda darhol paydo bo'ladi.

Menyu da + Yangi taom tugmasi. Majburiy maydonlar — nom, kategoriya va narx; qolganini keyin to'ldirsa ham bo'ladi.

  1. 1Yangi taom shu yerdan qo'shiladi.
  2. 2Tannarxi kiritilmagan taomlar soni. Bosilsa faqat o'shalar ko'rsatiladi — menyuni tannarxlab chiqish uchun qulay.
Rasmni kattalashtirish uchun bosing.

Maydonlar

MaydonNima uchun
NomiUch tilda. Rus va ingliz bo'sh bo'lsa o'zbekchasi ishlatiladi.
NarxSo'mda, butun son. Tiyin ishlatilmaydi.
Eski narxChizilgan narx — chegirmani ko'rsatish uchun. Ixtiyoriy.
TannarxBir porsiya restoranga qancha turadi. Saytda hech qachon ko'rinmaydi. Texkarta tuzilsa bu raqam ishlatilmaydi.
SotuvdaO'chirilsa saytdan yo'qoladi (menyudan o'chirilmaydi).
MashhurBosh sahifadagi «Mashhur taomlar» blokiga tushadi.
Teglar«Achchiq», «Vegetarian» kabi — saytda filtr sifatida ishlaydi.
Taomni o'chirish buyurtmalar tarixini buzmaydi — eski buyurtmalarda nom va narx muzlatilgan holda qoladi. Lekin to'plam (combo) ichidagi taomni o'chirib bo'lmaydi: tizim qaysi to'plamlarda ekanini aytadi.
Rasmni kattalashtirish uchun bosing.

Javob topilmadimi?

Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.

Telegram
Taom qo'shish va tahrirlash · Keel | Keel