Variantlar: o'lcham va qo'shimchalar
Kichik/katta, qo'shimcha pishloq, sousni tanlash — bitta taomda.
Taom formasida Variantlar bo'limi. Har guruhning nomi bor («O'lcham», «Qo'shimcha») va tanlash qoidasi.
- Bittasini tanlash — o'lcham, qo'vurish darajasi. Bittasi standart bo'lib turadi.
- Bir nechtasini tanlash — qo'shimchalar. Nechtagacha tanlash mumkinligini cheklash mumkin.
- Har variantning narx qo'shimchasi bor: +5 000 yoki 0. Manfiy ham bo'ladi (kichik porsiya arzonroq).
Variant ombordan ham chiqishi mumkin: qo'shimcha pishloqqa masalliq bog'lasangiz, u sotilganda ombordan yechiladi. Bu taomning o'z texkartasi bilan birga ishlaydi, o'rniga emas.
⚠«Kichik» va «Katta» ni ikkita alohida taom qilib qo'yish osonroq ko'rinadi, lekin keyin hisobotda ular ikki mahsulot bo'lib chiqadi va qaysi taom yaxshi sotilayotganini ko'ra olmaysiz.
Shuni ham o'qing
Javob topilmadimi?
Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.
Telegram