keel

Onlayn to'lov: Payme, Click, Uzum, ATMOS

Mijoz saytda karta bilan to'laydi. Kalitlarni provayder kabinetidan olasiz.

SozlamalarTo'lov. Har provayder alohida yoqiladi — bir nechtasini birga ishlatish mumkin, mijoz checkout'da tanlaydi.

Ulash tartibi

  1. 1Provayder bilan shartnoma tuzasiz va kabinet olasiz.
  2. 2Kabinetdan kalitlarni (merchant id, kalit) olib panelga kiritasiz.
  3. 3Panel sizga callback manzilini beradi — uni provayder kabinetiga yozasiz.
  4. 4Yoqib, kichik summaga sinov to'lovi qiling.
Callback manzili — eng ko'p unutiladigan qadam. Usiz to'lov o'tadi, lekin bizga hech kim aytmaydi: mijozning puli ketadi, buyurtma esa «to'lanmagan» bo'lib turadi.
Buyurtmani bekor qilish pulni qaytarmaydi. Qaytarish provayder kabinetidan qilinadi.

Sozlanmagan provayder mijozga umuman ko'rsatilmaydi: tugma bankning xato sahifasiga olib borsa, mehmon restoranni ayblaydi.

Javob topilmadimi?

Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.

Telegram
Onlayn to'lov: Payme, Click, Uzum, ATMOS · Keel | Keel