Mehmonlar fikri saytda
Baholarni saytda ko'rsatish yoki ko'rsatmaslik — bitta tugma.
Buyurtma yetkazilgandan keyin mijozdan baho so'raladi. Fikrlar Mijozlar → Fikrlar da to'planadi.
Ularni saytda ko'rsatish ixtiyoriy: Sozlamalar → Sayt → «Fikrlarni ko'rsatish». Yoqilsa, o'rtacha baho va nechta bahodan ekani chiqadi.
⚠«Faqat 4 yulduzdan yuqorisini ko'rsatish» degan sozlama yo'q va bo'lmaydi. Tanlab ko'rsatilgan baho — baho emas, reklama; mehmon buni bir marta sezsa, qolgan hamma raqamga ishonmay qo'yadi.
Shuni ham o'qing
Javob topilmadimi?
Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.
Telegram