Birinchi kun: nimadan boshlash
Restoran bir kunda ishga tushadi. Mana shu tartibda qilinsa, kechqurun birinchi buyurtmani qabul qilasiz.
Keel ikki qismdan iborat: mehmon ko'radigan sayt va siz ko'radigan panel. Panelda nima qilsangiz, saytda darhol ko'rinadi — alohida «e'lon qilish» tugmasi yo'q.
Tartib
- 1Restoran profili — Sozlamalar da nom, telefon, manzil va ish vaqti. Ish vaqti bo'sh bo'lsa sayt «yopiq» deb ko'rsatadi.
- 2Kategoriyalar — «Taomlar», «Ichimliklar» kabi. Avval kategoriya, keyin taom: taom kategoriyasiz saqlanmaydi.
- 3Menyu — taomlar, narxlar va rasmlar. Menyuni havoladan yoki eski kassangizdan import qilsa ham bo'ladi.
- 4Yetkazib berish — zona yoki masofa bo'yicha narx. Bu sozlanmasa mehmon manzil kirita olmaydi.
- 5To'lov va SMS — mijoz kirishi uchun SMS shart; onlayn to'lov ixtiyoriy (naqd har doim ishlaydi).
- 6Xodimlar — kassir, ofitsiant, oshpaz uchun hisob. Har biriga alohida login.
⚠Ombor va texkartani birinchi kunda to'ldirishga urinmang. Ular ishlashi uchun kirimlar muntazam kiritilishi kerak, aks holda hisobotlar noto'g'ri raqam ko'rsatadi. Avval sotishni yo'lga qo'ying, omborni ikkinchi haftada boshlang.
- 1Chap tomondagi bo'limlar. Guruhlar ochiladi va yopiladi — kerakli ekranni shu yerdan topasiz.
- 2Davr tanlagich: bosh sahifadagi barcha raqamlar shu davrga tegishli.
Javob topilmadimi?
Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.
Telegram