To'plam (combo)
«Oilaviy to'plam»: bir nechta taom bitta narxda.
To'plam ham menyudagi taom, faqat uning ichida boshqa taomlar bor. Menyu → yangi taom → To'plam bo'limida a'zolar va miqdorlari tanlanadi.
Ekranda a'zolarning alohida narxlari yig'indisi va to'plam narxi ko'rinadi — ya'ni mehmon qancha yutayotgani.
⚠To'plamning o'z texkartasi yo'q va bo'lmaydi: tannarxi a'zolaridan chiqadi. Agar to'plamga ham karta yozilsa, ombordan masalliqlar ikki marta yechilardi.
To'plam sotilganda ombor uni a'zolariga yoyib hisoblaydi. Ya'ni yuzta oilaviy to'plam ombordan yuz to'plamning masalliqlarini yechadi — nol emas.
Shuni ham o'qing
Javob topilmadimi?
Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.
Telegram