keel

Ish vaqti va bayram kunlari

Sayt qachon buyurtma qabul qiladi, kassa qachon stop listni o'qiydi.

SozlamalarIsh vaqti da har hafta kuni uchun ochilish va yopilish soati yoziladi. Sayt shundan «Hozir ochiq» yoki «Yopiq» deb ko'rsatadi.

Yarim tundan keyin ishlaydigan restoran uchun yopilish soati kichikroq bo'lishi normal: 10:00 – 02:00 — ertasi kungacha degani.

Ish vaqti bo'sh bo'lsa sayt restoranni yopiq deb ko'rsatadi va buyurtma qabul qilmaydi. Birinchi kunda eng ko'p uchraydigan «sayt buyurtma olmayapti» shundan.
Kassa tizimingiz ulangan bo'lsa, stop list ish vaqtidan 15 daqiqa oldin o'qila boshlaydi va yopilgandan keyin to'xtaydi. Soat to'rtda hech kim qozon bo'shatmaydi — bu bekorga so'rov.

Javob topilmadimi?

Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.

Telegram
Ish vaqti va bayram kunlari · Keel | Keel