keel

Menyuni import qilish

Havoladan yoki eski kassangizdan — qo'lda qayta yozmasdan.

Havoladan

  1. 1MenyuImport → menyuingiz turgan sahifa havolasini qo'ying.
  2. 2Tizim sahifani o'qib taomlar ro'yxatini taklif qiladi: nom, narx, kategoriya.
  3. 3Ro'yxatni ekranda tuzatasiz — nomlarni, narxlarni, kategoriyalarni.
  4. 4Qo'shish bosilganda menyuga yoziladi. Shu paytgacha hech nima saqlanmaydi.
O'qish sahifaga qarab 20 soniyagacha davom etadi. Sahifa yopilib qolsa ish to'xtamaydi — qaytib kirsangiz natija joyida turadi.

Boshqa kassa tizimidan

iiko, r_keeper, Clopos, Poster yoki Jowi dan Excel/CSV eksport qilib shu yerga yuklaysiz. Uch xil ma'lumot ko'chiriladi: masalliqlar, texkartalar va ombor qoldig'i.

Tartib muhim: avval masalliqlar, keyin texkartalar (ular masalliqni nom bo'yicha topadi), oxirida qoldiq.
Rasmni kattalashtirish uchun bosing.

Javob topilmadimi?

Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.

Telegram
Menyuni import qilish · Keel | Keel